Nobel mukofoti – 2023: fizika bo'yicha sovrindorlar e'lon qilindi

    Pyer Agostini, Ferents Krauz va Ann L’Yuilye 2023-yil uchun Nobel mukofotining fizika bo'yicha sovrindorlariga aylanishadi.

    2023-yilgi Nobel mukofoti fizika bo'yicha “moddadagi elektronlar dinamikasini o'rganish uchun attosekundlik yorug'lik impulslarini hosil qiluvchi eksperimental usullar uchun” Pyer Agostini, Ferents Krauz va Ann L’Yuilyega beriladi. Bu haqda Karolinska instituti Nobel assambleyasi vakillari onlayn-translyatsiya davomida ma'lum qilishdi.

    Nobel fizika qo'mitasi raisi Yeva Olssonning so'zlariga ko'ra, attosekund fizikasi elektronlarni boshqaradigan mexanizmlarni tushunish imkonini beradi.

    “Laureatlarning tajribalari attosekundlarda o'lchanadigan shunday qisqa yorug'lik impulslarini hosil qildi va shu bilan bu impul`slar atomlar va molekulalar ichidagi jarayonlarni tasvirlash uchun ishlatilishi mumkinligini ko'rsatdi”, deyiladi fizika bo'yicha Nobel qo'mitasi bayonotida.

    G'oliblarni taqdirlash marosimi 10-dekabr kuni bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

    O'tgan yili Bell tengsizliklarning buzilishini aniqlagan chigal fotonlar bilan o'tkazgan tajribalari va kvant informatikasini rivojlantirishdagi hissasi uchun Alen Aspe, Jon Klauzer va Anton Saylinger Nobel mukofotining fizika yo'nalishi bo'yicha sovrindorlariga aylanishgandi, deb xabar beradi lenta.ru.