Professor Xiggs qisqa muddatli kasallikdan so‘ng 8 aprel kuni o‘z uyida vafot etgan. Uning vafoti haqida Edinburg universiteti matbuot xizmati xabar berdi.

Piter Xiggs 1960-yillarda elementar zarrachalar massasining kelib chiqishini, xususan, W va Z bozon vektorlarining massalarini tushuntiruvchi «Xiggs usuli» ixtirosi bilan mashhur bo‘ldi.

Uning ishi olim nomi bilan ataluvchi yangi zarracha borligini bashorat qilgan: Xiggs bozoni.

Bozonning mavjudligi faqat 2012-yilda Katta adron kollayderidagi tadqiqotlar tufayli tasdiqlangan. 2013- yilda janob Xiggs o‘z ishi uchun Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi. U mukofotni hamkasbi nazariyotchi fizik Fransua Englert bilan baham ko‘rdi, uning tadqiqotlari Xiggs bozonining kashf etilishini ham prognoz qilgandi.