Nobel mukofoti sovrindori Muhammad Yunus Bangladesh muvaqqat hukumatiga rahbarlik qiladi

    Tinchlik uchun Nobel mukofoti sovrindori Muhammad Yunus Bangladesh muvaqqat hukumatiga rahbar etib tayinlandi.

    Bu haqda Dhaka Tribune gazetasi Bangladesh Prezidenti Shahabuddin Chuppu matbuot kotibi Joynal Abedinga tayanib xabar berdi.

    Uning ma'lum qilishicha, Muhammad Yunusni tayinlash to'g'risidagi qaror davlat rahbarining “Talabalar kamsitishlarga qarshi” harakati yetakchilari bilan 6-avgust kuni kechqurun bo'lib o'tgan uchrashuvi yakunlari bo'yicha qabul qilindi. Abedinning qayd etishicha, muvaqqat vazirlar mahkamasining qolgan a'zolari turli siyosiy partiyalar bilan maslahatlashuvlardan so'ng lavozimlarni egallaydi.

    Bangladesh Prezidenti Bosh vazir Shayx Hasinaning iste'foga chiqishi tufayli seshanba kuni muvaqqat hukumatni tuzish uchun parlamentni tarqatib yubordi, deb xabar beradi tass.ru.