Nobel mukofotining adabiyot yo'nalishi bo'yicha sovrindori nomi e'lon qilindi

    2023-yil uchun Nobel mukofotining adabiyot yo'nalishi bo'yicha sovrindori nomi ma'lum bo'ldi. Bu norvegiyalik dramaturg Yu Fosse.

    Bu haqda Karolinska instituti Nobel assambleyasi vakillari onlayn translyatsiya davomida ma'lum qildi.

    Nobel qo'mitasi bayonotiga ko'ra, yozuvchi o'zining “ifodalab bo'lmaydigan narsalarni tavsiflab bergan novatorlik pyesalari va nasriy asarlari” uchun ana shunday nufuzli mukofotga loyiq ko'rildi. Qayd etilishicha, yozuvchining asarlari turli janrlarni qamrab olgan.

    64 yoshli Fossening adabiy faoliyati 1983-yilda “Qizil, qora” romanining nashr etilishi bilan boshlangan, 1994-yilda uning “Va biz hech qachon ajralmaymiz” deb nomlangan birinchi pyesasi nashr etilgan.

    2022-yilda fransuz yozuvchisi Anni Erno Nobel mukofotining adabiyot bo'yicha sovrindoriga aylangan edi, deb xabar beradi lenta.ru.