U “mehnat bozoridagi gender farqlarining asosiy sabablarini ochib bergani” uchun ushbu nufuzli mukofotga loyiq ko'rildi, deb xabar beradi tass.ru.
Goldin “asrlar davomida ayollarning daromadlari va mehnat bozoridagi ishtiroki haqida ilk keng qamrovli ma'lumotni taqdim etdi. Uning tadqiqotlari o'zgarish sabablarini, shuningdek, doimiy gender tafovutining asosiy manbalarini ochib beradi”, deyiladi qo'mita bayonotida.
Shvetsiyalik ekspertlarning ta'kidlashicha, so'nggi yuz yil ichida mehnat bozoridagi ayollar uch baravar ko'paygan bo'lsa-da, gender masalasida jiddiy farq saqlanib qolmoqda.