Nobel mukofotining kimyo bo'yicha sovrindorlari nomi ma'lum bo'ldi

    Nobel qo'mitasi 4-oktabr kuni Nobel mukofotining kimyo bo'yicha sovrindorlarini e'lon qildi.

    Ular Mungi Bavendi, Luis Bryus va Aleksey Yekimov. Olimlar “kvant nuqtalari kashfiyoti va sintezi uchun” nufuzli mukofotga loyiq ko'rildi. Bu haqda Nobel jamg'armasi matbuot xizmati xabar berdi.

    “Nanozarrachalar va kvant nuqtalari svetodiodli lampalar va televizor ekranlarida qo'llaniladi. Ular saraton to'qimasini olib tashlash bo'yicha operatsiyalarda ham qo'llanilishi mumkin”, deyiladi hisobotda.

    Olimlar kvant nuqtalarini, ya'ni nanozarrachalarni yaratish orqali kashfiyot qilishdi, deb xabar beradi korrespondent.net.

    “Bu zarrachalar o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lib, o'z nurini televizor ekranlari va svetodiodli lampalar oqali tarqatadi. Ular kimyoviy reaksiyalarni katalizlaydi va ularning o'ta yorug'ligi jarroh uchun o'simta to'qimasini yoritishda asqatishi mumkin”, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.