Ular amerikalik olimlar Viktor Ambros va Gerri Ravkan. Mukofotning ijtimoiy tarmoqdagi akkauntida aytilishicha, ular mikroRNK molekulalarining kashfiyoti va uning genlarni posttranskriptsion tartibga solishdagi roli uchun ushbu mukofotga loyiq ko'rildi.
Nobel qo'mitasining ta'kidlashicha, olimlar “mikroRNKlarni, genlarni tartibga solishda hal qiluvchi rol o'ynaydigan kichik RNK molekulalarining yangi sinfini kashf qilishdi”. Ambroz va Ravkanning kashfiyoti “genlarni tartibga solishning mutlaqo yangi tamoyilini ochib berdi, bu ko'p hujayrali organizmlar, jumladan, odamlar uchun juda muhim ekani isbotlangan”, deyiladi bayonotda.
Mukofot Yevropadagi eng yirik tibbiyot markazlaridan biri bo'lgan Stokgolmdagi Karolinska institutining Nobel assambleyasi tomonidan beriladi, deb xabar beradi mir24.tv.