Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devoni xodimlari tomonidan Navoiy viloyatida foliyat olib boruvchi “Zebiniso hayot” FX rahbarining “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ Kapital qurilish direksiyasidan yetkazilgan zararni undirib berilishida amaliy yordam soʻrab qilgan murojaati oʻrganib chiqildi.
Aniqlanishicha, 2021-yilda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ Kapital qurilish direksiyasi tomonidan Navoiy-Buxoro uchastkasida elektrlashtirilgan ikki yuqori tezlikdagi temir yoʻlining qurilishi jarayonida Qiziltepa tuman “Mehnat Rohat massivi” hududidagi “Zebiniso hayoti” FXga tegishli yer maydoniga ekilgan paxta qishloq xoʻjaligi ekinlari nobud qilingan hamda fermer xoʻjaligiga 58,5 mln soʻm miqdorida zarar yetkazilgan.
Vakil tomonidan Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga fermer xoʻjaligi manfaatini koʻzlab “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ Kapital qurilish direksiyasidan 58,5 mln soʻm yetkazilgan zarar undirish boʻyicha daʼvo arizasi kiritilib, sudning hal qiluv qarori bilan korxona foydasiga belgilangan pul mablagʻi undirilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.