Qashqadaryo viloyatida "NMT tashkilotlari uyushmasi" tashkil etildi. Unga davlat, oilaviy va davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlar aʼzo boʼlishlari mumkin. Uyushma ushbu MTTlarga huquqiy yordam berish, shuningdek pedagog kadrlarining malakasini oshirishda koʼmak berish maqsadida tashkil etilgan.

U ilk ishini Qarshi Davlat universiteti maktabgacha taʼlim kafedrasi bilan uyushma aʼzolari maktabgacha taʼlim tashkilotlarining pedagog xodimlari uchun qisqa muddatli oʼquv treninglar tashkil etish masalasida kelishish bilan boshladi.

NMTT uyushmasi viloyat Adliya boshqarmasi bilan uyushma aʼzolari boʼlgan nodavlat, oilaviy hamda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan NMTTlarni huquqiy himoya qilish masalalarini kelishib oldi.

Shuningdek, “NMT tashkilotlari uyushmasi” Respublikamizda faoliyat olib borayotgan chet ellik pedagog xodimlar bilan NMTT va OMTTlarning pedagog xodimlari oʼrtasida tajriba almashish uchun seminar- treninglarini oʼtkazish boʼyicha muzokara olib borildi.

Maʼlumot uchun, "NMT tashkilotlari uyushmasi" 2021 yilning soʼnggi oyida yuridik shaxslarning birlashmasi sifatida roʼyxatdan oʼtgan.