Qaror bilan 2030-yil 1-yanvarga qadar nodavlat maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari:

  • barcha turdagi soliq (bundan ijtimoiy soliq mustasno) va yigʻimlardan ozod qilinadi;
  • unda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan chet ellik oʻqituvchi va mutaxassislar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi va ijtimoiy soliq toʻlamaydi.

Shuningdek, 2030-yil 1-yanvarga nodavlat maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining quyidagi Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan tovar jihozlariga bojxona toʻlovlari toʻlanmaydi (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar bundan mustasno):

  • zamonaviy oʻquv va laboratoriya uskunalari;
  • kompyuter texnikasi va dasturiy mahsulotlar;
  • oʻquv va ilmiy-metodik adabiyotlar, anjomlar va moddiy-texnik resurslar.

2025-yil 1-yanvardan boshlab:

  • nodavlat taʼlim tashkilotlariga doimiy jalb etiladigan pedagog xorijiy mutaxassislarga “A-2” oʻqituvchilar kirish vizalarini berish yoʻlga qoʻyiladi;
  • davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlari tomonidan xorijdan jalb qilingan mutaxassislarga mehnat qilish huquqini beruvchi tasdiqnoma berish yigʻim miqdori BHMning 30 baravaridan 1 baravarigacha kamaytiriladi.