Nodavlat oliygohlarda qabul jarayonlari boshlandi

    Ta'lim 1 Iyun 2025 1491

    Shu yilning 1-iyun sanasidan boshlab 2025-2026 oʻquv yili uchun nodavlat oliygohlarda qabul jarayonlari rasman boshlandi.

    Qayd etilishicha, amaldagi qonunchilikka koʻra, nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga qabul jarayonlari har yili iyun-sentyabr oylarida boʻlib oʻtishi belgilangan. Shunga muvofiq, nodavlat oliygohlarda qabul jarayonlari rasman boshlandi.

    Davlat OTMlarida qabul quyidagi sanalarda boshlanadi:

    — Bakalavr uchun qabul (5-iyundan – 25-iyunga qadar) my.uzbmb.uz
    — Magistratura mutaxassisliklariga qabul (1-iyuldan 30-iyulga qadar) magistr.edu.uz
    — Ikkinchi mutaxassislikka qabul (10-iyuldan 10-avgustga qadar) my.edu.uz
    — Oʻqishni koʻchirish (15-iyuldan 5-avgustga qadar) transfer.edu.uz — davlat OTMning biridan boshqasiga;
    my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMlariga.