Nodir arxeologik topilmalar, qimmatbaho ashyolar, qo'lyozmalar...

    “O'zbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklar – madaniyatimizning ajralmas qismi” nomli kitob nashrdan chiqdi.

    Unda yurtimiz tarixida ilk bor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi tomonidan 2019-yili oʻtkazilgan “Oʻzbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklar – madaniyatimizning ajralmas qismi” respublika ilmiy konferensiyasidagi maʼruzalar matnlari - maqolalar nashr qilindi.

    Xorijdagi merosimiz koʻp ekanigini eshitganmiz, ammo bu meros nimadan iborat, nimalar yurtimizdan olib ketilganu qayerda saqlanadi?.. Ayni toʻplamdan shu savollarga qaysidir darajada javob topish mumkin. Vatanimizdan chiqqan allomalar asarlari, ularni dunyoning qay joyida saqlanishi, madaniy boyliklarni tashkil etuvchi nodir arxeologik topilmalar, qimmatbaho ashyolar, tangalar mohiyati toʻgʻrisida tasavvur olish imkoniyati paydo boʻladi.

    Oʻzbekistonga oid xorijdagi madaniy boyliklarni tadqiq etish markazi matbuot xizmati