Nodirbek Abdusattorov 2023-yilda qancha pul ishlagani maʼlum boʻldi

    Sport 8 Yanvar 2024 611

    Shaxmatchimiz Nodirbek Abdusattorov oʻtgan 2023-yilda qancha pul topgani maʼlum boʻldi. Abdusattorov 12 ta turnirda qatnashib, 190 173 dollar mablagʻ ishlab topdi.

    Oʻzbekiston vakili eng koʻp pul topgan shaxmatchilar oʻnligini yakunlab bergan deya maʼlumot beradi UzChess.

    2023-yilda eng koʻp pul topgan shaxmatchi xitoylik grossmeyster Ding Liren sanaladi, u 2023-yilda 2 ta asosiy turnirda qatnashib 1 228 200 AQSH dollari miqdorida pul topdi. Ikkinchi oʻrindagi Yan Nepomnyaщiy13 ta turnirda qatnashib 1 226 825 dollarni qoʻlga kiritgan.

    Uchinchi oʻrinni Magnus Karlsen egalladi, Samarqandda jahon chempioni boʻlgan shaxmatchi 705 155 dollar toʻpladi.