2700chess.com saytining jonli reytingiga ko‘ra, hamyurtimiz 2802,5 reyting ochkosi bilan dunyoning eng kuchli uch nafar blits shaxmatchisi safidan joy oldi.
So‘nggi muvaffaqiyatli ishtiroklari natijasida Abdusattorov ikki pog‘ona yuqorilab, reytingiga 17,5 ochko qo‘shdi. Shu tariqa u faqat jahon chempionlari Magnus Karlsen va Hikaru Nakamuradan keyingi uchinchi o‘ringa ko‘tarildi.
Bu natija yosh grossmeyster faoliyatidagi navbatdagi yirik yutuq bo‘lib, O‘zbekiston shaxmati tarixidagi muhim sahifalardan biri sifatida qayd etilmoqda.