Kecha Nodirbek musobaqaning ilk bosqichida fransiyalik Yules Mussardga qarshi oʻyin oʻtkazdi. Uch partiya yakuniga koʻra, Abdusattorov 2,5 : 0,5 hisobida gʻalaba qozondi va yarim finalga yoʻl oldi.
Bugun endi u yarim finalda amerikalik Fabiano Karuanaga qarshi oʻyin oʻtkazadi.
Ikkinchi yarim final juftligida esa niderlandiyalik Yorden van Foreyest germaniyalik Dmitriy Kollarsga qarshi dona suradi.