Nodirbek Abdusattorov FIDE reytingida 4-oʻrinda qayd etildi

    Rasmiy reyting jadvali FIDE tomonidan har oyning boshida eʼlon qilinadi.

    Aprel oyi uchun yangilangan natijalarga koʻra, 2765 reyting ochkosi bilan Nodirbek Abdusattorov FIDE reytingida 4-oʻringa rasman koʻtarildi. Undan yuqorida Magnus Karlsen (2830), Fabiano Karuana (2803) va Hikaru Nakamura (2789) bor.

    Bundan tashqari, N.Abdusattorov oʻtgan oydagi kabi oʻsmirlar oʻrtasida FIDE jahon reytingida yetakchi sifatida qayd etildi