Ushbu qarama qarshilikda Javohir Sindarov mag'lubiyatga uchragan bo'lsa, Nodirbek Yoqubboev va Jahongir Vohidov durang qayd etishdi.
Bahs taqdiri ikki jamoaning etakchilari — Nodirbek Abdusattorov hamda Gukesh Dommarajmu o'rtasidagi murosasiz kurashda hal bo'ldi.
Hindiston terma jamoasining yosh yulduzi turnir davomida hali birorta mag'lubiyatga uchramagandi. Bu bahsda ham Gukesh ustunlikka ega bo'lib oldi, ekspertlar uning g'alabasini qayd eta boshladi. Nodirbekka hatto durang qayd etish ham qiyinligi aytilayotgan bir paytda, hamyurtimiz bahs yakunni ajoyib tarzda o'tkazdi va Gukesh hisobiga birinchi mag'lubiyatni yozib qo'ydi.