Ishtirokchilar orasida eng yuqori reytingga ega bo‘lgan hamyurtimiz, xalqaro grossmeyster Nodirbek Abdusattorov yakunda o‘ziga bildirilgan ishonchni oqladi va 9 imkoniyatdan 7 ochko jamg‘argan holda 1-o‘rinni egalladi.

6-turdan keyin Nodirbek peshqadamlardan yarim ochkoga ortda qolayotgandi. Ammo, 7-8-turlar hamyurtimiz uchun omadli keldi. Avvaliga u qora donalarda niderlandiyalik Tomas Berdsen ustidan g‘alabaga erishgan bo‘lsa, 8-turda oq donalar bilan ozarbayjonlik Eltaj Safarlini mag‘lub etdi. Nihoyat so‘nggi turda ispaniyalik Santos Latasa bilan during o‘ynadi va xalqaro turnirni 7 ochko bilan peshqadam sifatida yakunladi.