Nodirbek Abdusattorov muddatidan avval “Fischer-2022” turniri yarim finaliga chiqdi

    Sport 27 Oktabr 2022 923

    Nodirbek kecha 3 va 4-tur doirasida islandiyalik Xyyorvar Steyn Gretarssonga qarshi 4 partiya oʻyin oʻtkazdi hamda ularning barchasida gʻalaba qozondi.

    Avval xabar berganimizdek, hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov Islandiya poytaxti Reykyavik shahrida umumiy mukofot jamgʻarmasi 400 000 dollarni tashkil etuvchi “Fischer Random World Chempionship-2022” turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

    Abdusattorov kecha 3 va 4-tur doirasida islandiyalik Xyyorvar Steyn Gretarssonga qarshi 4 partiya oʻyin oʻtkazdi hamda ularning barchasida gʻalaba qozondi. Shu tariqa, hamyurtimiz 8 imkoniyatdan 7,5 ochko toʻplagan holda “A” guruhida muddatidan avval yarim final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.

    Abdusattorov bugun guruh bosqichining soʻnggi 2ta tur bahslarini (Nepomnyaщiy va Uesliga qarshi) oʻtkazadi hamda guruh peshqadamligini saqlab qolsa, yarim finalda “B” guruhida 2-oʻrinni egallagan shaxmatchi bilan yarim finalda toʻqnash keladi. Bu guruhda Nakamura (AQSH) va Magnus Karlsen (Norvegiya) guruhdan chiqish uchun asosiy daʼvogar boʻlib turishibdi.

    Shaxmatchilar tur doirasida 2 ta partiya oʻtkazishadi. Gʻalaba qozongan shaxmatchi 2 ochkoga ega boʻladi.

    A guruhi

    1. Abdusattorov - 8 (7½)

    2. Nepomnyaщiy - 5 (5)

    3. So - 3 (3)

    4. Gretarsson - 0 (½)

    B guruhi

    1. Carlsen - 6 (5½)

    2. Nakamura - 6 (5)

    3. Fedoseev - 4 (4)

    4. Bloʻbaum - 0 (1½)