баннер
26 Apr 2025
03:59

    Nodirbek Abdusattorov NAVI bilan shartnoma imzoladi

    Oʻzbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov Ukrainaning Natus Vincere (NAVI) kibersport tashkiloti bilan shartnoma imzoladi.

    Qayd etilishicha, NAVI endilikda shaxmat yoʻnalishini ham tashkil etayotganini bildirib, Nodirbek Abdusattorov (Oʻzbekiston), Uesli So (AQSH) va Oleksandr Bortnik (Ukraina) uning bir qismiga aylanishini maʼlum qildi.

    16-fevral kuni ular ilk bor NAVI sharafini himoya qilib, Chessable Masters onlayn turnirida ishtirok etishadi. Ushbu musobaqaning umumiy sovrin jamgʻarmasi 150 ming dollarni tashkil qiladi.

    CCT reytingining eng yaxshi 12 shaxmatchisi Saudiya Arabistonida boʻlib oʻtadigan Esports World Cup festivali doirasida boʻlib oʻtadigan seriya finaliga taklif qilinadi. U yerda ishtirokchilar 1,5 million dollarlik bosh sovrin uchun kurash olib borishadi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech