Nodirbek Abdusattorov onlayn reytingda 5-oʻringa koʻtarilib oldi

    Sport 13 Sentabr 2024 239

    Mamlakatimizning birinchi raqamli shaxmatchisi Nodirbek Abdusattorov Butunjahon shaxmat Olimpiadasida birinchi doskada oʻynayapti.

    Yosh grossmeysterimiz dastlabki ikki turda raqiblarini ortiqcha qiyinchiliksiz magʻlubiyatga uchratishga muvaffaq boʻldi.

    Bu muvaffaqiyat esa unga onlayn reytingda 5-oʻringa koʻtarilib olish imkoniyatini berdi. Nodirbek FIDE reytingida 6-pogʻonadan joy olgan. Yigirma yoshgacha boʻlgan shaxmatchilarning dunyo reytingida esa peshqadamlik qilmoqda.