Nodirbek Abdusattorov Rameshbabu Praggnanandhaaga imkoniyatni boy berdi

    Ruminiya poytaxti Buxarest shahrida klassik shaxmat boʻyicha yirik xalqaro musobaqa — “Superbet Chess Classic Romania-2025” davom etmoqda. Mukofot jamgʻarmasi 350 ming AQSH dollarini tashkil etadi.

    Oʻzbekistonlik xalqaro grossmeyster Nodirbek Abdusattorov musobaqaning 2-turida oq donalarda amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommarajuga qarshi bahs olib borib, durang natijaga erishdi.

    3-turda esa Nodirbek qora donalarda hindistonlik iqtidorli shaxmatchi Rameshbabu Praggnanandhaaga qarshi oʻynab, afsuski, imkoniyatni boy berdi.

    Bugun, 10-may kuni boʻlib oʻtadigan 4-turda hamyurtimiz yana qora donalarda oʻyin oʻtkazadi — bu safar u amerikalik kuchli shaxmatchi Fabiano Caruanaga qarshi bahs olib boradi.

    Musobaqa jami 9 turdan iborat boʻlib, 16-mayga qadar davom etadi.