Hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov "Tata Steel Chess-2023" turnirida shaxmat qiroli Magnus Karlsen ustidan g‘alaba qozondi.
Klassik shaxmatdagi ushbu ajoyib g‘alabasi orqali Nodirbek Abdusattorov 4 ochko bilan turnirning yakka peshqadamiga aylanib oldi. Hali bahslar davom etadi.
E’tiborlisi, Nodirbek 2800+ eng yuqori reytingdagi shaxmatchini qora donalarda yutgan ilk shaxmatchi bo‘lib tarixga kirdi.