Nodirbek Yakubboyev xalqaro turnirda qatnashadi

    Bugun Rossiya Federatsiyasining Xanti-Mansiysk shahrida shaxmat boʻyicha Anatoliy Karpov sovrini uchun xalqaro turnir boshlanadi.

    21-marotaba tashkil etilayotgan ushbu anʼanaviy turnirda hamyurtimiz Nodirbek Yakubboyev ham ishtirok etmoqda.

    Bahslarda Rossiya, Armaniston, Ozarbayjon va Oʻzbekistondan 9 nafar shaxmatchi ishtirok etmoqda. Bugun boshlanadigan bahslar 6-oktyabr kuni yakuniga yetadi.

    Bugun Nodirbek turnirni Maksim Chigayevga qarshi boshlaydi.