Umumiy sovrin jamgʻarmasi 100 ming AQSH dollarini tashkil etgan “Prezident kubogi”da dunyoning 16 ta mamlakatidan xalqaro grossmeysterlar, xalqaro shaxmat ustalari, shuningdek, sport ustaligiga nomzodlar gʻoliblik uchun dona surishdi.
Bugun, 13-sentyabr kuni oʻtkazilgan soʻnggi tur bahslaridan soʻng musobaqaning barcha gʻolib va sovrindorlari maʼlum boʻldi.
Xalqaro turnirda 10 imkoniyatdan 7,5 ochko jamgʻarishga erishgan hamyurtimiz Nodirbek Yoqubboyev musobaqa gʻolibligini qoʻlga kiritdi. Armanistonlik Ayk Martirosyan esa 7 ochko bilan kumush medalini qoʻlga kiritdi. Sivuk Vitaliy ham 7 ochko jamgʻarishga muvaffaq boʻlgan edi, ammo Ukraina vakili qoʻshimcha koʻrsatkichlar evaziga 3-oʻrindan joy oldi.