Mazkur videotasvir yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan tekshiruv o'tkazildi.
Jarayonida aniqlanishicha, Chilonzor tumanida istiqomat qiluvchi 1995-yilda tug'ilgan I.X. o'zining nogiron farzandiga enagalik qilish uchun 2002-yilda tug'ilgan S.T.ni ishga yollagan. Biroq, enaganing xizmatidan shubhalangan uy egasi farzandining yotoqxonasiga kuzatuv kamerasini o'rnatgan.
2023-yil 11-fevral kuni enaga 2017-yilda tug'ilgan K.Z.ga qo'pol munosabatda bo'lib, urib kaltaklaganligi holati kuzatuv kamerasida qayd etilgan. Xonadon egasi I.X. shu kuni S.T.ni ishdan bo'shatgan hamda fuqarolarni ogohlikka chaqirish maqsadida videotasvirni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan.
Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o'tkazilmoqda. Tekshiruv yakuni bo'yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta'minlanadi.