Navoiy viloyati Navoiy shahrida yashovchi 2001 y.t., fuqaro Q.E. ariza bilan murojaat qilib, uning nogiron akasi uchun viloyat hokimiyati tomonidan bank kartasiga berilgan 22.000.000 so'm miqdordagi pullar noma'lum shaxs tomonidan yechib olinganligi va ularni qaytarishda yordam so'rab murojaat qilgan.

Tezkor-qidiruv tadbirlari davomida ushbu jinoyatni Toshkent shahar Uchtepa tumanida yashovchi 1993 y.t., B.R. sodir etganligi aniqlangan.

B.R. ushbu jinoyatni fuqaro Q.E.ga telegram messenjeri orqali aloqaga chiqib, ehson tariqasida pul o'tkazib berishini bildirib bank kartasi ma'lumotlarini qo'lga kiritgan va bank kartasidagi pullarni o'zlashtirgan.

B.R.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Bu haqida Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi xabar bermoqda.