Nogironligi boʻlgan shaxslarga qulay va toʻsiqlarsiz muhit yaratiladi

    "Nogironligi boʻlgan shaxslarga qulay va toʻsiqlarsiz muhit yaratish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Prezident Qarori qabul qilindi.

    Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

    Qarorga koʻra, 2024-yil 1-oktyabrdan:

    — rekonstruksiya qilinadigan va taʼmirlanadigan shaharsozlik faoliyati obyektlarining shaharsozlik hujjatlari loyihalarining texnik qismi nogironligi boʻlgan shaxslarga sharoitlar yaratish boʻyicha shaharsozlik norma va qoidalarida belgilangan talablarga muvofiqligi yuzasidan majburiy ekspertizadan oʻtkaziladi;

    — har yili "Xavfsiz yoʻl va xavfsiz piyoda" respublika jamgʻarmasi mablagʻlarining kamida 10 foizi chorrahalarda nogironligi boʻlgan shaxslar (piyodalar) uchun xavfsiz va toʻsiqsiz muhit yaratish boʻyicha qurilish-taʼmirlash va jihozlash ishlariga yoʻnaltiriladi.

    Shuningdek, 2025-yil 1-yanvardan belgilangan faoliyat turlari boʻyicha litsenziya berishda obyektda shaharsozlik norma va qoidalarida belgilangan talablarga muvofiq nogironligi boʻlgan shaxslarga toʻsiqlarsiz muhit yaratilganligi boʻyicha Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining xulosasini olish talab qilinadi