Xorijga ketish uchun 90 million soʻm aliment toʻladi

    Qarzdor I.Moʻminbekov 1 nafar farzandi voyaga yetgunga qadar aliment pullarini oldindan toʻlab berish taklifini bergan.

    Majburiy ijro byurosining Yuqorichirchiq tumani boʻlimi ish yurituvida boʻlgan Fuqarolik ishlari boʻyicha Yuqori Chirchiq tumanlararo sudining sud buyrugʻiga asosan qarzdor I.Mominbekovdan, undiruvchi Sh.Abduvaliyeva foydasiga 2010-yilda tugʻilgan farzandi taʼminoti uchun 1/4 qism miqdorida aliment undirish bilan bogʻliq ijro hujjati mavjud.

    Boʻlim davlat ijrochisi tomonidan ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan.

    Ijro harakatlari davomida qarzdor I.Moʻminbekov 1 nafar farzandi voyaga yetgunga qadar aliment pullarini oldindan toʻlab berish taklifini bergan.

    Undiruvchini roziligi bilan davlat ijrochisi tomonidan uning 1 nafar farzandi voyaga yetgunga qadar toʻlanishi lozim boʻlgan summa hisoblanib, jami 89.914.880 soʻm aliment pullari Sh.Abduvaliyeva foydasiga undirib berilgan.

    Shu asosda mazkur ijro hujjati amalda tamomlandi.