Qonunga kiritilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlarga koʻra:
Davlat nogironligi boʻlgan shaxslar uchun boshqalar bilan teng ravishda odil sudlovdan foydalanish imkoniyatini taʼminlaydi, shu jumladan sud protsessining barcha bosqichlarida, shuningdek surishtiruv va dastlabki tergov bosqichlarida nogironligi boʻlgan shaxslarning qonunda belgilangan tartibda bevosita yoki bilvosita ishtirok etishini taʼminlashga qaratilgan choralarni koʻradi.
Nogironligi boʻlgan shaxslarning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida bevosita yoki oʻz vakillari orqali ishtirok etishi, shu jumladan qonunda belgilangan tartibda saylash va saylanish, referendumlarda ishtirok etish huquqi taʼminlanadi.
Davlat saylov uchastkalarida (referendum uchastkalarida) nogironligi boʻlgan shaxslarning barcha toifalari, shu jumladan eshitish, koʻrish boʻyicha nogironligi boʻlgan, oʻrindiqli aravachalardan foydalanuvchi shaxslar ovoz berishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini taʼminlaydi.
Ilgari bunday normalar mavjud emas edi.
Bundan tashqari, Qonun nogironligi boʻlgan shaxslar bilan muloqot qilish uchun qulay muloqot shakllarini, shuningdek ijtimoiy infratuzilma obyektlarini nogironligi boʻlgan shaxslarning ularga moneliksiz kirishi uchun moslashtirish asoslarini belgilovchi normalar bilan toʻldirilmoqda.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.