Bu kabi xayrli muhim ijtimoiy tashabbus Mirabror Usmonov nomidagi Xalqaro xayriya jamoat fondi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Nogironlar jamiyatining Toshkent shahar boʻlimi tomonidan amalga oshirildi.
Loyihaning maqsadi — tibbiy yordamning qolaversa, sifatini oshirish, erta aniqlash, oldini olish va ijtimoiy ahamiyatga ega kasalliklarni davolash imkoniyatlarini kengaytirish, deyiladi Mirabror Usmonov nomidagi Xalqaro xayriya jamoat fondi matbuot xizmati xabarida.
Loyiha doirasida bolalarga bepul tibbiy koʻriklar tashkil etildi. Koʻrik natijalariga koʻra, baʼzi bolalarga Fond koʻmagi orqali jarrohlik amaliyotlarni oʻtkazishda qoʻshimcha yordam koʻrsatildi.
Mirabror Usmonov nomidagi xalqaro xayriya jamoat fondi














