Mutasaddilarga kelgusi yilda 15 ming nogironligi bor bolani taʼlimga jalb qilish vazifasi qoʻyildi

    Qoraqalpogʻiston, Andijon, Qashqadaryo, Samarqand, Toshkent viloyati va Toshkent shahrida nogironligi bor 2 ming bolani kunduzgi parvarishlash tizimi yoʻlga qoʻyiladi.

    Yana bir tajriba – shu yili nogironligi bor bolalar uchun 73 ta kunduzgi parvarishlash va “Gʻamxoʻrlik” guruhlari tashkil qilindi.

    Bu sohaga xususiy sektorni olib kirish uchun qoʻshimcha imkoniyatlar yaratiladi.

    Yaʼni, tadbirkorlarga har bir bola uchun kuniga 100 ming soʻmdan subsidiya, xonalarni jihozlashga 30 million soʻmgacha arzon kredit ajratiladi.

    Buni hisobiga Qoraqalpogʻiston, Andijon, Qashqadaryo, Samarqand, Toshkent viloyati va Toshkent shahrida nogironligi bor 2 ming bolani kunduzgi parvarishlash tizimi yoʻlga qoʻyiladi.

    Bu tizim 1-oktyabrgacha qolgan viloyatlarda ham joriy qilinadi.

    Mutasaddilar oldiga kelgusi yilda 15 ming nogironligi bor bolani taʼlimga jalb qilish vazifasi qoʻyildi.