Nogironligi bor farzandga qaragan ona necha yoshdan pensiyaga chiqa?

    Kimlar imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqiga ega?

    “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi qonunga koʻra, yoshga doir pensiya olish huquqiga erkaklar — 60 yoshga toʻlganda va ish stajlari kamida 25-yil boʻlgan taqdirda; ayollar — 55 yoshga toʻlganda va ish stajlari kamida 20-yil boʻlgan taqdirda ega boʻladilar.

    Imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqiga urush nogironlari, bolalikdan nogironligi boʻlgan farzandlarning onalari, liliputlar va pakanalar ham ega.

    Yaʼni, umumiy belgilangan yoshni 5-yilga qisqartirgan holda imtiyozli pensiya olish huquqiga bolalikdan nogironligi boʻlgan farzandlarning onalari ularni sakkiz yoshgacha tarbiyalagan boʻlsa — ish staji kamida 20-yil boʻlgan taqdirda, basharti, ayol oʻgay oʻgʻil va oʻgay qizni ular 8 yoshga toʻlguniga qadar kamida 5-yil tarbiyalagan boʻlsa, pensiya tayinlashda ular haqiqiy farzandlar bilan teng ravishda hisobga olinadi.

    Demak, nogironligi boʻlgan farzandni 8 yoshgacha tarbiyalagan boʻlsa va ish staji kamida 20-yil boʻlgan taqdirda, yoshga doir pensiyani 5-yilga qisqartirilgan holda, yaʼni 50 yoshga toʻlganda olish mumkin.