68 yoshli Mavluda opa Davlatova revmatoid poliartrit kasalligi bilan ogʻriganiga koʻp yillar boʻldi. Ahvoli ogʻirlashib, yurishga qiynaladigan boʻlib qolgach, nogironlik aravachasiga ehtiyoj paydo boʻldi. Oʻzi yashaydigan mahalla xotin-qizlar faoliga yordam soʻrab murojaat qildi. Mahalla faoli oʻz navbatida reabilitatsiya vositasiga zarurati boʻlgan ayollar roʻyxatini shakllantirish jarayonida Mavluda opani ham roʻyxatga qoʻshib qoʻydi.
“Ayollar daftari”da roʻyxatda turgan nogironligi boʻlgan xotin-qizlarga reabilitatsiya vositalarini topshirish jarayonida Mavluda opa uchun ajratilgan nogironlik aravachasi ham oʻz egasiga topshirildi.

Bugungi kunga qadar Respublika Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan jami Sirdaryo viloyatidagi 154 nafar xotin-qizlarga 38 ta kattalar, 4 ta kichkinalar uchun aravacha, 5 ta qoʻltiqtayoq, 40 ta hassa, 35 ta kattalar eshitish moslamasi, 7 ta bolalar eshitish moslamasi, 10 ta yurish moslamasi, 2 ta kattalar uchun tirsakli qoʻltiqtayoq, 4 ta koʻzi ojiz kattalar uchun hassa, 1 ta koʻkrak protezi, 2 ta kattalar uchun karset, 4 ta 4 oyoqli yurish moslamalari berildi.
Sirdaryo viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi matbuot xizmati.