Nafaqa kimlarga tayinlanadi:

  • Nafaqa olish huquqiga tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari (TMEK) tomonidan bolalikdan I va II guruh nogironlari deb eʼtirof etilgan 16 yoshdan katta shaxslar (keyingi oʻrinlarda 16 yoshdan katta bolalikdan nogiron deb ataladi);
  • kasallikning bosqichidan qatʼi nazar, oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan OIV infeksiyasiga chalingan shaxslar;
  • nafaqa olish huquqini beradigan tibbiy xulosa mavjud boʻlgan taqdirda 16 yoshgacha nogiron bolalar (keyingi oʻrinlarda nogiron bola deb ataladi);

yoshidan qatʼi nazar, ish stajiga ega boʻlmagan I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga tayinlanadi;

  • Nafaqa olish huquqiga ega boʻlgan shaxslar nafaqa olish huquqi paydo boʻlgandan soʻng biror-bir muddat bilan cheklashsiz, istalgan vaqtda uning tayinlanishi uchun murojaat qilishlari mumkin.

Nafaqa miqdorining belgilanish tartibi

Nogironlik nafaqasi quyidagi miqdorlarda belgilanadi.

Yaʼni

- 16 yoshgacha bolalikdan nogiron bolalrga — 513350 soʻm (01.09.2020yil holatiga 513 350 soʻm);

- 16 yoshdan katta I-gurux bolalikdan nogironlarga — 578967,50 soʻm;

- 16 yoshdan katta II-gurux bolalikdan nogironlarga — 513350 soʻm;

- ish stajiga ega boʻlmagan I-gurux nogironlariga — 380647,50 soʻm

- ish stajiga ega boʻlmagan II-gurux nogironlariga — 315030 soʻm

Tayinlash tartibi

Fuqaro nafaqa tayinlash toʻgʻrisidagi ariza bilan yashash joyi boʻyicha Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga quyidagi xujjatlar bilan murojaat qiladi:

Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi

  • nogiron bolaning, shuningdek, 16 yoshga toʻlmagan OIV infeksiyasiga chalingan shaxsning ota-onasi, farzandlikka oluvchisi, tutingan ota-onasi, vasiysi yoki homiysi tomonidan — nogiron bola, shuningdek, 16 yoshga toʻlmagan OIV infeksiyasiga chalingan shaxsning tugʻilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi, sogʻliqni saqlash muassasalari tomonidan belgilangan tartibda beriladigan tibbiy xulosa, ariza bergan ota-ona, farzandlikka oluvchi, tutingan ota-ona, vasiy yoki homiyning pasporti nusxasi;
  • 16 yoshdan katta OIV infeksiyasiga chalingan shaxs tomonidan — pasportining nusxasi va sogʻliqni saqlash muassasalari tomonidan belgilangan tartibda beriladigan tibbiy xulosa;
  • Farzandlikka oluvchi, tutingan ota-ona, vasiy yoki homiy tomonidan ariza bilan murojaat qilinganda tuman (shahar) hokimining farzandlikka olish, vasiylik yoki homiylikni belgilash toʻgʻrisidagi qarorining nusxasi ham taqdim etiladi;
  • Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi arizaga Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi tomonidan tibbiy-mehnat ekspert komissiyasidan olingan 16 yoshdan katta bolalikdan nogironni tibbiy tekshirish dalolatnomasidan koʻchirmani ilova qiladi.

Tayinlash muddati

Ariza barcha zarur hujjatlar bilan tushgan kundan boshlab oʻn kundan ortiq boʻlmagan muddatda koʻrib chiqiladi.

Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi tomonidan ariza barcha zarur hujjatlar bilan birga qabul qilingan kun nafaqa tayinlash uchun murojaat qilingan kun hisoblanadi.

Agar ariza pochta orqali joʻnatilsa va bunda barcha zarur hujjatlar taqdim etilgan boʻlsa, u holda ariza joʻnatilgan joydagi pochta shtempelida koʻrsatilgan sana nafaqa tayinlash uchun murojaat qilingan kun hisoblanadi.

! Nafaqa barcha zarur hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda murojaat qilingan kundan boshlab tayinlanadi.

Manba: Pensiya jamgʻarmasi matbuot xizmati