Qaror bilan “Nogironlik pensiyasini proaktiv shaklda tayinlash boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish” sxemasi tasdiqlandi.
Qarorga koʻra, proaktiv shaklda pensiya tayinlangan yoki tayinlash rad etilgani toʻgʻrisidagi maʼlumotlar fuqarolarga SMS-xabar koʻrinishida yuboriladi.
Bunda SMS-xabarni yetkazish imkoni boʻlmaganda xabarlar respublika byudjeti mablagʻlari hisobidan fuqaroning yashash manziliga yetkazib beriladi.
2025-yil 1-oktyabrgacha “Pensiya” axborot tizimida fuqarolarning JSHSHIR maʼlumotlari asosida ularning nomiga rasmiylashtirilgan mobil aloqa abonent raqamlariga qoʻngʻiroq qilish imkoniyati yaratiladi.









