Pensiyani qayta hisoblashga asoslar vujudga kelganda shaxs faqat pasport bilan Pensiya jamgʻarmasiga murojaat qilishi mumkin.
Bunda, shaxsning mehnat staji va ish haqi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar axborot tizimlarida mavjud boʻlsa, pensionerdan hech qanday maʼlumot talab qilinmaydi.
Maʼlum sabablarga koʻra, maʼlumotlar axborot tizimlarida mavjud boʻlmasa, bu haqda pensionerga maʼlum qilinadi va pensioner soʻralgan maʼlumotlarni taqdim qilishi kerak boʻladi.