Nogironlikni belgilashda VKK – vrachlik-maslahat komissiyalari degan korrupsion tizimdan toʻliq voz kechiladi

    Endilikda nogironlik oilaviy shifokor rasmiylashtirgan hujjat asosida tibbiy-ijtimoiy ekspertiza komissiyasi tomonidan belgilanadi.

    Nogironlikni belgilashda VKK – vrachlik-maslahat komissiyalari degan korrupsion tizimdan toʻliq voz kechilishi belgilandi. Endilikda nogironlik oilaviy shifokor rasmiylashtirgan hujjat asosida tibbiy-ijtimoiy ekspertiza komissiyasi tomonidan belgilanadi.

    Mutasaddilarga bu tizimni 1-iyundan Toshkent shahri va Navoiyda, 1-sentyabrgacha qolgan hududlarda toʻliq joriy qilish topshirildi.

    Shu bilan birga, kasalliklarni barvaqt aniqlash va asoratlarini kamaytirish boʻyicha ham yangi mahallabay tizim boʻladi.

    Masalan, Ishtixondagi poliklinikaga va mahallalarga viloyatdagi kardiologiya, endokrinologiya va ona-bola markazlari, markaziy shifoxona vrachlari biriktiriladi. Ular mahallalarda yurib, aholini toʻliq diagnostikadan oʻtkazadi, biriktirilgan oilaviy shifokorlarga kasalliklarni erta aniqlash va davolashni joyida oʻrgatadi, davolash va diagnostika boʻyicha yangicha yondashuvlarni poliklinikada joriy qiladi.

    Samarqand tibbiyot universiteti professor-oʻqituvchilari, magistratura bitiruvchilari ilmiy ishlarini shu yerga kelib yozadi.

    Yil yakunida natija boʻlsa, mahallaga biriktirilgan ushbu mutaxassislar oyligining 2 karra miqdorida mukofotlanadi.