Unga ko'ra, voqea dushanbaga o'tar kechasi sodir bo'lgan. Erkak dastlab “oynani sindirishga bir necha bor urinib ko'rdi, biroq mustahkam oynada bir nechta yoriqni yuzaga keltira olgan”. Keyinchalik, konsullikning oynavand eshiklariga qizil rangda teskari uchburchaklar chizib chiqilgan, politsiyaning ta'kidlashicha, bu belgi ba'zi falastinparast tashkilotlar tomonidan qo'llaniladi.
Politsiya, shuningdek, ertalab voqea joyiga yetib kelgan mutaxassislar oynadan barmoq izlarini olgani, noma'lum shaxsga nisbatan ochilgan tergov materiallaridan joy olishi haqida ma'lum qildi. Bosh konsullik vakili hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagani, diplomatik missiya odatdagidek ishlashda davom etishini aytdi.
Avstraliya bosh vaziri Entoni Albaneze voqeani “odamlar, ayniqsa Isroilda yoki ishg'ol qilingan Falastin hududida qarindoshlari bo'lganlar Yaqin Sharqdagi voqealardan ta'sirlangani” bilan bog'ladi. Uning so'zlariga ko'ra, bunday choralar “tinchlikka erishishga hech qanday hissa qo'shmaydi va, albatta, jinoyatdir”.
AQShning Sidneydagi Bosh konsulligiga 2024-yilning aprel oyida ham hujum qilingan. Keyin noma'lum shaxslar binoning tashqi tomoniga “Falastinga ozodlik!” shiorlarini yozib qoldirishdi va derazalarni qizil bo'yoq bilan bo'yashdi. May oyida ham xuddi shunday hujum Melburndagi Amerika konsulligi binosiga ham uyushtirilgan edi, deb xabar beradi tass.ru.