Nomaʼlum hayvonning isteʼmolga yaroqsiz goʻshti yoʻq qilindi

    Xavfsizlik 22 Iyun 2021 844

    Avtomobil yukxonasida aniqlangan isteʼmolga yaroqsiz goʻsht mahsulotlari yoʻq qilindi.

    2021-yil 22-iyun kuni soat 01:30 larda Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumani hududida joylashgan “Umakay” YPX maskanida xizmat olib borgan YPX xodimi tomonidan “Qarshi-Toshkent” yoʻnalishi boʻylab harakatlanib kelgan “Kia Carnival” rusumli avtomobil toʻxtatilib tekshirilganda, yukxonasida toʻq qizil rangli, noʼmalum hayvonga tegishli boʻlgan, jami ogʻirligi 460 kilogrammga teng boʻlgan goʻsht mahsulotlari borligi aniqlangan.

    Aniqlangan mahsulotlar Chiroqchi tumani veterinariya boʻlimining laboratoriyasida tekshirilganda isteʼmolga yaroqsizligi aniqlanib belgilangan tartibda yoʻq qilindi, deya xabar beradi Davlat yoʻl xarakati xavfsizlik xizmati matbuot xizmati.