Nomaʼlum homiy tomonidan Ermitaj mushuklariga meros qoldirildi 

    Mushuklar vakili Mariya Xaltunenning aytishicha, bahor oxiriga qadar hayvonlar taxminan 3000 yevro oladi.

    Nomaʼlum Fransiyalik homiy tomonidan Ermitaj mushuklariga qoldirilgan merosi miqdori maʼlum qilindi, deb yozdi “RIA Novosti”.

    Mushuklar vakili Mariya Xaltunenning aytishicha, bahor oxiriga qadar hayvonlar taxminan 3000 yevro oladi.

    «Ermitaj mushuklari merosxoʻr huquqiga ega boʻlishi uchun Fransiya tomoniga tegishli soliqlar, shuningdek, notarial xizmatlar uchun haq toʻlashi kerak. Mablagʻlardan foydalanish boʻyicha yakuniy qaror hali qabul qilinmagan, ammo Ermitaj hanuzgacha uni 50 ga yaqin boʻlgan mushuklarning uylarini taʼmirlashga sarflashni rejalashtirmoqda», dedi Xaltune.

    Ermitaj mushuklari muzeyda birinchi marta XVIII asrda, Piter I Niderlandiyadan olib kelingan mushukni Qishki saroyga joylashtirganda paydo boʻlgan.