Hodisa “Citi Moll” savdo markazida sodir boʻlgan. Nomaʼlum shaxs eskalatordan tushayotgan odamni sababsiz orqasiga tepgan. Oldinroq ijtimoiy tarmoqlarda voqea aks etgan video paydo boʻldi.
Qaragʻanda viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi jabrlanuvchining ahvoli yuzasidan maʼlumot berdi. Maʼlum boʻlishicha, erkak shifokorlar koʻrigidan oʻtgach, uyiga ketishga ruxsat berilgan.
“Eskalatordan tushib ketgan erkak ambulator davolanishga joʻnatildi. Hozir uning ahvoli barqaror”, deyiladi vazirlik xabarida.
Politsiya tomonidan Qaragʻanda shahrida yashovchi 25 yoshli fuqaroga tan jarohati yetkazish dalili boʻyicha Jinoyat kodeksining 293-moddasi 1-qismi “Bezorilik” bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Politsiya odamni eskalatordan itarib yuborgan 31 yoshli erkakni topdi. Qoʻlga olingan shaxs oʻzini yaxshi tutmagan va u psixonevrologik dispanserga joylashtirilgan, deb xabar berdi tengrinews.kz.