Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi Konimex tuman boʻlimi davlat inspektorlari tomonidan navbatdagi nazorat reyd tadbiri oʻtkazildi.
Tumanning “Shoʻrkoʻl” MFY hududidagi reyd davomida fuqaro Y.O. tomonidan 5000 metrlik sintetik toʻr yordamida tabiiy suv havzasi hududida 218 bosh baliq noqonuniy ovlanganligi aniqlandi. Natijada tabiatga 1 milliard 240 million 300 ming soʻm zarar yetkazilgan.
Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJtKning 90-moddasi 4-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Yetkazilgan zararni undirish va tegishli chora koʻrish maqsadida toʻplangan hujjatlar sud organlariga yuborilmoqda.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 8-iyuldagi “Ov qilish va ovchilik xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi 627-sonli Qonuniga asosan, 10-martdan boshlab respublikamizning barcha hududlaridagi tabiiy suv havzalarida baliq ovlash taqiqlangan. Baliqlarning urugʻ qoʻyish mavsumi davomida Amudaryo va Sirdaryo suv havzalarida 10-martdan 31-mayga qadar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati suv havzalarida 25-apreldan 10-iyunga qadar va boshqa barcha suv havzalarida 16-apreldan 31-mayga qadar baliq ovlash mumkin emas.