Noqonuniy dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxslar ushlandi

    Jizzax viloyatida hujjatsiz dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi.

    Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jizzax viloyat boshqarmasi, IIB va Milliy Gvardiya xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda qonunga xilof ravishda dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelgan fuqarolar A.E. va A.S. fuqaro M.X. tegishli hujjatlari boʻlmagan jami 31 ming dona "Natriy xlorid 0.9%” dori vositasini 8 000 AQSH dollari va 37,4 mln soʻmga sotayotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

    Hozirda holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3 moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni oʻtkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.