Noqonuniy dorivositalari savdosiga chek qoʻyildi

    Toshkentda kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelgan shaxslar ushlandi.

    Bu haqda Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tuman boʻlimi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi.

    Oʻtkazilgan tezkor tadbirda noqonuniy dori vositalari savdosi bilan shugʻullanib kelgan fuqarolar B.X. va A.X. fuqaro M.X.ga jami 84 dona “Regapen” nomli inson ruhiyatiga kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini 5 mln soʻmga sotayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1 moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.