Noqonuniy konchilik bilan shugʻullanayotgan shaxslar aniqlandi

    Payariq tumanida Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyat boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda 1979-y.t. E.A. va 1997-y.t. L.Z.lar yashash xonadonlarida oltin moddali rudalarni ishlab chiqarib kelishgani aniqlanib, 525 kg ruda toshlar, kukunlar hamda 2 ta tegirmon uskunasi protsessual tartibda hujjatlashtirildi.

    Narpay tumanida yashovchi 1969-y.t. B.N. va Paxtachi tumanida yashovchi 1986-y.t. X.B.lar esa noqonuniy ravishda “ohak” mahsulotini ishlab chiqarish bilan shugʻullanib kelayotganligi aniqlandi hamda ashyoviy dalillar (4 dona ohak pechi, D-18 mm boʻlgan jami 48 dona qoʻlbola “gorelkalar”) xolislar ishtirokida hujjatlashtirildi.

    Mazkur shaxslar tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish oqibatida 440 mln. soʻm miqdorida zarar yetkazilgani maʼlum boʻldi.

    Hozirda yuqoridagi shaxslarga nisbatan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.