Xususan, Davlat xavfsizlik xizmatining Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan bojxona va ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Shofirkon tumanida yashovchi, 2001 va 2005-yillarda tug‘ilgan 2 nafar fuqaro sof og‘irligi 110 gr bo‘lgan nostandart shakldagi oltin quymasini 17 ming AQSh dollariga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu qimmatbaho metalni qotishma shaklida yasab bergan, 2001-y.t. shaxsning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda oltinni eritishga mo‘ljallangan uskunalar, prekursorlar hamda kislorod va suyultirilgan gaz ballonlari borligi ma’lum bo‘ldi.

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ushbu oltin quymasining bahosi 209 mln 757 ming so‘mni tashkil etadi.

Hozirda qonunbuzarlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

DXX Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan Toshkent xalqaro aeroportida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa xorijdan uchib kelgan, 1980 y.t. chet el fuqarosi xolislar ishtirokida shaxsiy tintuvdan o‘tkazildi.

Natijada, u umumiy qiymati 290 mln 516 ming so‘mni tashkil qiluvchi, sof og‘irligi 226 gr bo‘lgan tilla buyumlarni oyoqlari ostiga yashirgan holda, bojxona nazoratidan olib o‘tganligi aniqlanib, ushbu zargarlik mahsulotlari protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Holat yuzasidan xorijiy davlat fuqarosiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bu kabi qonunbuzilishi Andijon viloyatida ham qayd etildi. Jumladan, Andijon shahrida yashovchi, 1997-y.t. fuqaro Qirg‘iz Respublikasidan “Do‘stlik” xalqaro nazorat o‘tkazish punkti orqali kirib kelgan vaqtida to‘xtatilib tekshirilganda, uning yonida bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan, taxminiy bahosi 400 mln so‘mlik 241 gr tilla buyumlar borligi ma’lum bo‘ldi.

Aniqlanishicha, ushbu zargarlik mahsulotlari sotish maqsadida Turkiya davlatidan Qirg‘iz Respublikasi orqali olib kelinayotgan bo‘lgan.

Hozirda olingan ashyoviy dalillarga nisbatan ekspertiza tayinlanib, holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.