Noqonuniy oʻtkazilgan 263,9 milliard soʻmlik xarid natijalari bekor qilindi

    Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi davlat buyurtmachilari tomonidan amalga oshirilayotgan xaridlarni doimiy ravishda monitoring tartibida oʻrganib bormoqda.

    Agentlik axborot xizmatidan maʼlum qilishlaricha, vazirlik va idoralarga 257 taqdimnoma kiritildi.

    Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlariga 273 soʻrovnoma yuborildi. Qonunchilik talablarini buzgan 104 nafar shaxs maʼmuriy, 85 nafar shaxsning intizomiy javobgarlikka tortilishi taʼminlandi.

    Davlat buyurtmachilari tomonidan amalga oshirilayotgan xaridlarda qonunchilik talablariga rioya qilinishi holatlarini monitoring qilish ishlari davom ettirilmoqda.