Oʻtkazilgan reyd tadbiri davomida 1 nafar fuqaro oʻziga tegishli boʻlgan ov quroli bilan hech qanday ruxsatnomasiz, 2 dona qirgʻovul ovlagani aniqlandi.
Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 90-moddasi 4-qismida ifodalangan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Huquqbuzarlik ishi boʻyicha toʻplangan hujjatlar qonuniy chora koʻrish uchun Jinoyat ishlari boʻyicha Sardoba tuman sudiga yuboriladi.