Xususan, Kadastr agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yil boshidan o‘tgan olti oy davomida noqonuniy egallangan holatlardan 1121 ta holat, ya’ni 52 gektarlik yer maydoni o‘z joyiga qaytarilgan. Shuningdek, 675 ta holatda 39,2 gektar yer maydoni bo‘yicha sudlarga da'vo arizalari kiritilgan.
Bu haqda Kadastr agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasida o‘tkazilgan matbuot anjumanida to‘liq ma’lumot berildi. Unda sohada 2025-yil 6 oy davomida amalga oshirilgan ishlar hamda O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgust kungi «O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni tan olish to‘g‘risida»gi qonuniga muvofiq amalga oshirilayotgan ishlar haqida keng turda aytib o‘tildi.
Shu bilan bir qatorda Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2025-yilning o‘tgan 6 oyi davomida Davlat kadastrlari palatasi boshqarmasi va uning hududiy filiallari tomonidan 31 ming 303 ta yer uchastkasi va ko‘chmas mulkka kadastr pasporti tayyorlab berilgan. Xududdagi 49 ming 443 ta yer uchastkasi va ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.
Shuningdek, hozirgi vaqtda Qoraqalpog‘iston Respublikasida jami 476 ming 165 ta kadastr hujjatlari arxivlarda saqlanmoqda. Shundan, 474 ming 152 ta hujjat elektron formatga o‘tkazilgan.
2025-yilning 6 oyi davomida tadbirkorlik va shaharsozlik ishlarini amalga oshirish uchun jami 2754 ta yer uchastkasi dasturga kiritilgan. Shundan, 408 ta yer maydoni 29,97 gektar yer uchastkasi sotuvga qo‘yilib, 90 ta yer uchastkasi sotilgan.
Yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun yer uchastkalaridan jami 417 ta yer uchastkasi dasturga kiritilgan. Shundan 45 ta yer maydoni auksionga qo‘yilgan, 28 ta yer uchastkasi sotilgan.
Matbuot anjumanida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga tegishli javob oldi.
Minajatdin Qutlыmuratov,
«Yangi O‘zbekiston» muxbiri.








